Unda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Prezidenti Abdusalom Azizov, O'FA Ijroiya qo'mitasi a'zolari va futbol mutaxassislari ishtirok etdi.

Yig'ilishda mamlakatimizda alohida o'rin tutadigan futbol sport turini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan, o'tgan 1 yil mobaynida O'FA tomonidan bajarilgan ishlar bo'yicha umumiy hisobot tinglandi.

Yillik hisobot qo'mita a'zolari tomonidan muhokama etilib, ijobiy baholandi va istiqboldagi vazifalarni samarali tarzda amalga oshirish bo'yicha takliflar berildi. Futbol marketingi sohasini yanada rivojlantirish, futbolimizga homiylarni jalb etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

SHuningdek, Ijroiya qo'mita yig'ilishida O'FA tuzilmasini OFK va UEFA tavsiyalari asosida qayta ko'rib chiqish va yangidan qabul qilish, hududiy futbol assotsiatsiyalarining namunaviy tuzilmasi va nizomini tasdiqlash masalalari tahlil etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.