Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Assotsiatsiya aʼzolari tomonidan kelib tushgan nomzodlar Saylov qoʻmitasi aʼzolari ishtirokida Assotsiatsiya Saylov kodeksi va Ustaviga asosan muvofiqlik tekshiruvidan oʻtkazildi.

Assotsiatsiya Ustavining 30-moddasi 4-bandiga binoan delegatlar tomonidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Bahodir Nizomovich Qurbonov nomzodi ilgari surildi.

Assotsiatsiya Ustavi va Saylov kodeksiga asosan Bahodir Nizomovich Qurbonov Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylandi.