Qurʼa natijasiga koʻra, Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi saralash bahslarining “B” guruhidan oʻrin oldi. Vakillarimiz ushbu kvartetda Tojikiston, Afgʻoniston va nepallik futzalchilarga qarshi bahs olib borishadi.
Futzal boʻyicha Osiyo kubogi saralash bahslari:“A” guruhi:
Eron,Qirgʻiziston,Turkmaniston,Maldiv orollari,
“B” guruhi:
Oʻzbekiston, Tojikiston, Afgʻoniston, Nepal.
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichining ilk uchrashuvini Nepalga qarshi oʻyin bilan boshlaydi.
1-tur: Oʻzbekiston – Nepal,
2-tur: Afgʻoniston – Oʻzbekiston,
3-tur: Oʻzbekiston – Tojikiston.
Markaziy va Janubiy mintaqa guruh bosqich saralash uchrashuvlari shu yilning 1-15-aprel kunlari Qirgʻiziston Respublikasining Bishkek shahrida oʻtkaziladi. Oʻz guruhida dastlabki ikki oʻrinni qoʻlga kiritgan terma jamoalar esa Quvayt davlati mezbonlik qiladigan Osiyo kubogiga yoʻl olishadi.