Bugun Oʻzbekiston futzal terma jamoasi Paragvay termasiga qarshi bahs olib boradi

    Shu yilning 17-sentyabr kuni futzal boʻyicha Jahon chempionatining 2-tur bahslariga start beriladi.

    Bugun Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi futzal milliy jamoamiz Paragvay termasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv soat 20:00da “Humo Arena”da boshlanadi.

    Mazkur bahsda futzalchilarimiz toʻliq oq libosda, darvozabonimiz esa sariq libosda harakat qiladi.

    Eslatib oʻtamiz, Paragvay 1-turda Kosta-Rika terma jamoasidan 5:2 hisobida ustun kelgandi. Oʻzbekiston futzalchilari esa Niderlandiya bilan 3:3 durang hisobda bahsni yakunlagan edi.