Oʻzbekiston delegatsiyasi safar doirasida Hindiston Ichki ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi. Vazir Amit Shax va boshqa rasmiylar boʻlib oʻtgan muloqot boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston FVV va Hindistonning tegishli idoralari favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etishda yaqin aloqalarni yoʻlga qoʻygani urgʻulandi. Ushbu soha mutaxassislari istiqbolda yangi marralarni zabt etish uchun keng imkoniyatlarga ega ekanligiga eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv chogʻida hind tomoni Nagpur shahridagi Yongʻin va xavfsizlik muhandisligi Milliy akademiyasida (National Academy of Fire and Safety Engineering – NAFS) oʻzbekistonlik mutaxassislarni oʻqitish va malakasini oshirishni tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

Oʻzbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qoʻldoshev va Hindiston davlat ichki ishlar vaziri Nityanand Rai tomonidan Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan Hindiston ichki ishlar vazirligi Ofatlarni boshqarish milliy agentligi oʻrtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Anglashuv memorandumi imzoladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.