“Oʻztransgaz” AJ boshqaruv raisi Behzot Normatov Oʻzbekiston gaz eksportidan butunlay voz kechishi mumkinligini bildirgan. Bu haqida Interfax.ru agentligi xabar bermoqda.

"Ehtimol, yaqin kelajakda Oʻzbekistonda qazib olinayotgan gazning hammasi Oʻzbekistonda qolar, chunki kimyo zavodlari kengaymoqda, ichki iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash talab etiladi, — deydi Normatov.

U tabiiy gaz Eksportining toʻxtashi 2025-2026-yillarga borib sodir boʻlishi mumkinligini taʼkidlab oʻtgan. Shu bilan birga tabiiy gazni yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli shartnomalarga amal qilinishi davom etadi.