Fransiya taraqqiyot agentligi 20 yillik kredit shartnomasi asosida Oʻzbekistonda gidroenergetika sohasini rivojlantirish uchun 55,8 million yevro qarz mablagʻlari ajratadi. Shundan 46,5 million yevro Andijon viloyatidagi qurilish Paytoq kichik GES hamda Janubiy Fargʻona kanalining 1A va 2A kichik GESlarini moliyalashtirishga moʻljallangan (ushbu loyihalarning umumiy qiymati 52,5 million yevroga baholanmoqda).

Ushbu yangi GESlar 2023-yilda foydalanishga topshirilishi koʻzda tutilgan. Ushbu loyihalarni amalga oshirish bilan 51,2 million kvt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkin boʻladi.

Bundan tashqari, Chorvoq GESda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qiymati 33,95 million yevroga teng “GES faoliyati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha loyiha”ni moliyalashtirish uchun jalb qilinayotgan kreditning 9,3 million yevrolik qismi yoʻnaltiriladi.

Uchrashuv davomida tomonlar ushbu loyihalarni oʻz vaqtida ishga tushirish va ularni belgilangan muddatlarga muvofiq muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birgalikdagi ishlarni muhokama qildilar.

Uchrashuvda soʻnggi uch yil davomida Jamiyat tomonidan 30 dan ortiq investitsiyaviy loyihalar asosida tizimli ishlar olib borilayotganligi, gidroenergetika ulushini oshayotganligi taʼkidlandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.