Uchrashuvda P. Lilyert Oʻzbekistonning global, xavfsiz, tartibli va doimiy migratsiya haqidagi xalqaro kelishuvlarni birinchilardan boʻlib qoʻllab-quvvatlagan davlatlardan biri ekanini taʼkidladi. Shuningdek, 30-iyul – Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiya tomonidan tashkil etilgan “Odam savdosiga qarshi kurashishda global tahdidlar: jamiyatning roli va xalqaro hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiya yuqori baholandi.
Suhbat chogʻida chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarimiz va ularning oilalarini qoʻllab-quvvatlash, odam savdosiga qarshi kurashishda hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolarini ish bilan taʼminlash hamda global migratsiya jarayonlari doirasida fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish va zarur choralar koʻrish yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.









