Oʻzbekiston Global ochlik reytingida 22-oʻrinni egalladi

    Global Hunger Index 2024-yil uchun xalqaro miqyosdagi ochlik indeksini eʼlon qildi.

    Joriy yilgi reytingda 127 ta davlat ishtirok etgan. Reytingda yakuniy ball qanchalik past boʻlsa, mamlakatda toʻyib ovqatlanmaydigan fuqarolar soni shunchalik kam boʻladi. Tadqiqot toʻrtta mezon: 5 yoshgacha boʻlgan bolalarning ozib ketish holatlari, boʻyi oʻsishdan toʻxtashi, oʻlimi va aholining toʻyib ovqatlanmasligi inobatga olinadi.

    Reytingda 5 balldan kam toʻplagan 22 ta davlat yetakchilik qildi. Ular qatorida Oʻzbekiston ham bor. Tadqiqot mualliflariga koʻra, Oʻzbekistonda 5 yoshgacha boʻlgan bolalarning 6,5 foizi toʻyib ovqatlanmaslik tufayli boʻy oʻsishidan orqada qolmoqda, 5 yoshgacha boʻlgan bolalarning 2,4 foizi ozgʻin, 1,3 foizi esa besh yoshga toʻlguncha vafot etmoqda.

    Markaziy Osiyoning qolgan respublikalari quyidagi oʻrinlarni egalladi:

    • Qozogʻiston – 5,3 ball 25-oʻrin;
    • Qirgʻiziston – 6,8 ball 36-oʻrin;
    • Turkmaniston – 9,5 ball 50-oʻrin;
    • Tojikiston – 13,7 ball 65-oʻrin.

    Ushbu mamlakatlarning deyarli barchasi ocharchilik darajasi “past” boʻlganlar qatorida, faqat Tojikiston “oʻrtacha” toifada.

    Ochlik muammosi boʻlmagan top-10 mamlakat qatoriga Belarus, Bosniya va Gersegovina, Chili, Xitoy, Kosta-Rika, Xorvatiya, Estoniya, Gruziya, Vengriya, Quvayt kiradi. Ocharchilik yuqori davlatlarga Janubiy Sudan, Burundi, Somali, Yaman, Chad kiradi.