Saudiya Arabistonida o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo kubogi S guruhi 3-turida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi janubiy koreyalik yoshlarga imkon qoldirmadi.
Birinchi bo'limda jamoalar asosan ehtiyotkorlik bilan o'ynadi. Chunki har ikkala jamoa uchun ham g'alaba kerak edi.
Ikkinchi bo'lim boshida esa Behruzjon Karimov chiroyli gol bilan hisobni ochgan bo'lsa, 70-daqiqada Saidumarxon Saidnurullaev ham ajoyib golga mualliflik qildi.
Guruhning narigi o'yinida eron sensatsion tarzda Livanga kichik hisobda mag'lub bo'ldi.
Osiyo kubogi, S guruhi, 3-tur
O'zbekiston - Janubiy Koreya 2:0
Gollar: Karimov 49, Saidnurullaev 70