Oʻzbekiston hamda Turkiya mudofaa vazirlari telefon orqali muloqot qildilar

    Harbiy 24 Iyun 2023 1415

    Joriy yilning 23-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Kurbanov va Turkiya Respublikasi Milliy mudofaa vaziri armiya generali Yashar Gyuler oʻrtasida telefon suhbati boʻlib oʻtdi.

    Suhbat avvalida general-leytenant B.Kurbanov general Ya.Gulerni Turkiya Milliy mudofaa vaziri lavozimiga tayinlanganligi bilan samimiy tabrikladi.

    Muloqot davomida vazirlar ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqboldagi rejalarni muhokama etishdi.

    Ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik sohalardagi munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarish, jangovar tayyorgarlik va harbiy taʼlim yoʻnalishlarida aloqalarni yanada jadallashtirishga kelishildi.

    Suhbat yakunida, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Turkiya Respublikasi Milliy mudofaa vaziri armiya generali Yashar Gyulerni rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga taklif qildi.

    Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
    kommunikatsiyalar departamenti