7-oktyabrda Paris Premiere telekanali orqali mashhur aktyorning Oʻzbekistonga tashrifi haqidagi “Mon rêve ouzbek” (“Mening oʻzbekcha orzum”) nomli hujjatli film namoyish etilgandi.

Arno Frilining soʻngi hujjatli filmi — “Mening oʻzbekcha orzum”da Jerar Depardye sirli Oʻzbekiston boʻylab juda qiziqarli sayohatga chiqadi. Maqola muallifi Oʻzbekistonni bir necha sivilizatsiyalar kesishmasida joylashgan juda ham boy tarix va madaniyat makoni sifatida noyob hudud deb tasvirlagan. Bu haqda koʻp sonli meʼmoriy yodgorliklar va arxeologik qazilmalar guvohlik berishini taʼkidlagan, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi”.

Muallif maqolada fransuz aktyorining “Bu yerda jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri joylashgan” — degan soʻzlarini keltirgan.