Oʻzbekiston havo yoʻllari yoshlar uchun chegirma eʼlon qildi

    Transport 9 Iyun 2023 1274

    Oʻzbekiston havo yoʻllari 9-iyundan boshlab iyun oyida barcha mahalliy reyslar uchun aviachiptalar tariflarga 15 foiz chegirma eʼlon qiladi.

    Chegirmalar Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan “Yoshlar oyligi”ga bagʻishlangan boʻlib, chiptalarni faqat Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi agentlaridan xarid qilishd mumkin.

    Taʼkidlanishicha, chegirma 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar uchun boʻlib, 2023-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi. 15 foiz chegirma faqat 2023-yil iyun oyida amalga oshiriladigan sotuvdagi ichki yoʻnalishlarning ekonom-klass tariflariga taalluqlidir.

    Chegirmadan foydalanishning batafsil shartlari:

    1. Sotuv muddati 09.06.2023 dan 30.06.2023 gacha;
    2. Amal qiladigan sana: 09.06.2023 dan 30.06.2023 gacha;
    3. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yigʻimlarga nisbatan qoʻllanilmaydi. Qisman foydalanilgan aviachipta uchun toʻlovni qaytarish summasini hisoblash uchun chegirma qoʻllanilmagan holda ishlatilgan segment uchun yoʻl haqi yechib olinadi;
    4. Chegirma muddatiga toʻgʻri kelmaydigan reyslar uchun chegirma bilan sotib olingan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirmalar qoʻllanilmagan holda toʻliq tarif darajasiga qoʻshilishi kerak;
    5. 2023-yil 9-iyundan 30-iyungacha boʻlgan davrda Aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirma tarifga qoʻllanilmaydi;
    6. 2023-yil 1-iyuldan boshlab qisman foydalanilgan aviachiptalar chegirmadan foydalangan holda qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, aksiya davomida amalga oshiriladigan qatnovlarda 2-segmentga chegirma qoʻllanilmaydi;
    7. Chegirma faqat aksiya davriga toʻgʻri keladigan aviaqatnovlar uchun qoʻllaniladi. Agar parvoz sanalaridan biri chegirma muddatiga toʻgʻri kelmasa, aviachiptalar alohida sotib olinadi;
    8. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
    9. Aviachiptalarni chegirma bilan “Uzbekistan Airways Sales” filialida va uning agentlaridan hamda mamlakatimiz hududidagi aeroportlarda sotib olish mumkin;