Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan 9 oy mobaynida O'zbekiston 8 ta xorijiy davlatga qiymati 19,8 mln. AQSH dollariga teng bo'lgan 13,8 mlrd. dona atirgul eksport qilgan. Raqamlar bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 15,8 mln. AQSH dollariga (7,9 mlrd. dona atirgulga) oshganini ko'rsatmoqda.

     Mamlakatimiz eng ko'p atirgul eksport qilgan davlatlar orasida Qirg'iziston Respublikasi (19,5 mln dollar), Rossiya (135,8 ming dollar),  Qozog'iston (120,7 ming dollar), Tojikiston (60,5 ming dollar),   Turkiya (8,9 ming dollar) etakchilik qilmoqda.

     Respublikadagi jami atirgul eksportida Andijon (32,3 %) va Namangan (22,1 %) viloyatlari 55 % ulushga ega. 2020 yilning 9 oyida hududlar orasida Andijon viloyati eng ko'p ya'ni, qiymati 6,4 mln. AQSH dollariga teng bo'lgan 3,8 mlrd. dona atirgul eksport qilgan.