Oʻzbekiston hududi boʻyicha issiq ob-havo boʻlishi kutilmoqda

    Joriy yilning 14-16-may kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha issiq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

    14-mayda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, 15-16-mayda Oʻzbekiston hududining katta qismida havo harorati kunduz kunlari 39-41 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda 42-43 darajagacha koʻtariladi.

    14-15-mayda shimolda va choʻl hududlarda, 16-17-mayda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. 17-mayda ayrim joylarda baʼzida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.