Oʻzbekiston hududiga issiq havo kirib kelmoqda

    Yashil sayyora 2 Iyun 2023 1935

    Joriy yilning 5-8-iyun kunlari Oʻzbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib keladi.

    Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining bosh direktori Sherzod Xabibullayev oʻzining feysbukdagi sahifasida maʼlum qildi.

    Buning hisobiga maksimal havo harorati, jumladan:

    5-6-iyunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida 40-41 darajagacha;

    6-8-iyunda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 40-42 darajagacha;

    5-8-iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 38-40 darajagacha;

    7-8-iyunda Fargʻona vodiysi viloyatlarida 36-39 darajagacha koʻtariladi.

    7-8-iyun kunlari shimolda, janubda va choʻl hududlarida baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi.