Bu haqda  Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining bosh direktori Sherzod Xabibullayev oʻzining feysbukdagi sahifasida maʼlum qildi.

Buning hisobiga maksimal havo harorati, jumladan:

5-6-iyunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida 40-41 darajagacha;

6-8-iyunda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 40-42 darajagacha;

5-8-iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 38-40 darajagacha;

7-8-iyunda Fargʻona vodiysi viloyatlarida 36-39 darajagacha koʻtariladi.

7-8-iyun kunlari shimolda, janubda va choʻl hududlarida baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi.