Joriy yilning 24-fevral kuni Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy hududlariga, 25-26-fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga Rossiyaning Yevropa qismidan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

24-fevralda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 25-fevralda respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli boʻladi.

24-25-fevralda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

25-26-fevralda harorat kechalari 0-5 sovuqgacha, respublika shimolida 5-10 sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqgacha qisqa muddatga pasayishi kutilmoqda.