Komissiya kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi hamda madaniy-gumanitar sohalarida va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilish nazarda tutilmoqda.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston – Tojikiston ishbilarmon doiralari vakillari oʻrtasida Biznes-forum va Ishbilarmonlar kengashining yigʻilishini oʻtkazish rejalashtirilgan.