Oʻzbekiston huquq ustuvorligi indeksida 14 pogʻona yuqoriladi  

    Ushbu indeks jahon miqyosida  huquq ustuvorligini baholashga ixtisoslashgan yagona xalqaro reyting hisoblanadi.

    Joriy yilning 14-oktyabr kuni Jahon odil sudlov loyihasi (World Justice Project) tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan Huquq ustuvorligi indeksining 2021-yilgi nashrida Oʻzbekiston 14 pogʻona yuqoriladi.

    Bu haqda Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar berdi.

    Shuni mamnuniyat bilan qayd etish lozimki, deyiladi xabarda joriy yilgi nashrda Oʻzbekiston uchun berilgan baholar 4,1 foizga koʻtarilib, bu borada eng yaxshi natija koʻrsatgan 3 ta davlatdan biriga aylandi. Mazkur Indeks tadqiqotlari 138 mingta uy xoʻjaligi va 4 mingdan ortiq huquqshunos va mutaxassislar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazgan holda amalga oshirilib, unda 139 ta mamlakatdagi (2020-yilga qaraganda mamlakatlar soni 11 taga ortgan) huquq ustuvorligi darajasi baholangan.

    Maʼlumot uchun: joriy yildagi nashrda Kongo Respublikasi, Gaiti, Irlandiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malta, Paragvay, Slovakiya Respublikasi va Sudan kabi yangi mamkatlar qoʻshilgan.

    Mamlakatimiz umumiy reytingda 85-oʻringa joylashtirildi.

    Huquq ustuvorligi indeksining indikatorlari boʻyicha
    Oʻzbekistonga berilgan ballar tahlili

    Ball

    Oʻzgarish ↑ ↓

    Oʻrin

    Oʻzgarish ↑ ↓

    2020

    2021

    2020

    2021*

    Huquq ustuvorligi indeksi

    0.47

    0,49

    ↑0,02

    92

    78

    ↑14

    1

    Indikatorlar

    Hukumat vakolatlari cheklanganligi

    0.33

    0,38

    ↑0,05

    120

    110

    ↑10

    2

    Korrupsiya mavjud emasligi

    0.40

    0,46

    ↑0,06

    89

    63

    ↑26

    3

    Hukumat ochiqligi

    0.33

    0,37

    ↑0,04

    120

    112

    ↑8

    4

    Fundamental huquqlar

    0.41

    0,44

    ↑0,03

    110

    101

    ↑9

    5

    Tartib va xavfsizlik

    0.90

    0,90

    11

    12

    ↓1

    6

    Qonunlarga rioya etish

    0.44

    0,44

    96

    95

    ↑1

    7

    Fuqarolik odil sudlov

    0.51

    0,50

    ↓0,01

    72

    71

    ↑1

    8

    Jinoiy odil sudlov

    0.44

    0,45

    ↑0,01

    66

    60

    ↑6

    * Oʻzbekistonning oʻrinlari reytingga yangi kiritilgan mamlakatlarni inobatga olmasdan koʻrsatilgan

    Maʼlumot oʻrnida aytish lozimki, Ushbu indeks jahon miqyosida faqatgina huquq ustuvorligining ahvolini baholashga ixtisoslashgan yagona xalqaro reyting hisoblanib, oʻz navbatida Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlari, Transparensi Intreneshnl tashkilotning Korrupsiyani qabul qilish indeksini shakllantirishda eng muhim axborot manbalaridan biri sanaladi.