Oʻzbekiston ikki oyda 17,5 million AQSH dollari qiymatida yengil avtomobillar import qilgan

    Oʻzbekiston Rossiyaga 9,1 million AQSH dollariga teng yengil avtomobilni import qilgan.

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 17,5 million AQSH dollariga teng boʻlgan yengil avtomobillar import qilgan.

    Oʻtgan 2 oy mobaynida Oʻzbekiston yengil avtomobillarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

    Rossiya – 9,1 million;

    Xitoy – 1,8 million;

    Qozogʻiston – 1,7 million;

    Yaponiya – 1,2 million;

    Germaniya – 1,1 million;

    AQSH – 1,0 million;

    Litva – 935,7 ming;

    Koreya – 203,2 ming.

    Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston 2020-yilda xorijdan 475,1 million AQSH dollari qiymatida yengil avtomobillar import qilgan.