Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 17,5 million AQSH dollariga teng boʻlgan  yengil avtomobillar import qilgan.

Oʻtgan 2 oy mobaynida Oʻzbekiston yengil avtomobillarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

Rossiya – 9,1 million;

Xitoy – 1,8 million;

Qozogʻiston – 1,7 million;

Yaponiya – 1,2 million;

Germaniya – 1,1 million;

AQSH – 1,0 million;

Litva – 935,7 ming;

Koreya – 203,2 ming.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston 2020-yilda xorijdan 475,1 million AQSH dollari qiymatida yengil avtomobillar import qilgan.