Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston importida yuqori ulushga ega boʻlgan davlatlar:
Xitoy – 2 256,5 million;
Rossiya – 2 215,7 million;
Qozogʻiston – 1 312,0 million;
Koreya – 806 million;
Turkiya – 718,8 million;
Germaniya – 309,9 million;
Hindiston – 224,0 million;
Turkmaniston – 206,6 million;
Litva – 198,2 million;
Ukraina – 194,4 million AQSH dollari.
Eslatib oʻtamiz, 2021- yilning yanvar – iyun oylarida Oʻzbekistonning jami import hajmi 10,9 milliard AQSH dollariga teng boʻlgan.