Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmatining xabar qilishicha, bunda Afgʻonistonda roʻy bergan zilzila oqibatida jabr koʻrganlarga koʻmak koʻrsatish maqsad qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatilla Irgashev Afgʻoniston tomoniga insonparvarlik yordamini topshirdi.

Tadbirda ishtirok etgan Afgʻoniston axborot va madaniyat vaziri Xayrulla Xayrxva va favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari Muhammad Nasim Haqqani Oʻzbekiston Prezidentiga Afgʻoniston xalqiga koʻrsatgan yordamo samimiy minnatdorlik bildirdi.