Oʻzbekiston investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yetakchi

    Investitsiyalar 10 Iyul 2021 3192

    Jahon bankining prognozlariga koʻra, 2021-yilda Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqtisodiy oʻsish 3,7% darajasida boʻladi, eng yaxshi koʻrsatkichlar Tojikiston (+5,3%) va Oʻzbekistonda (+4,8%) boʻladi.

    Mintaqa mamlakatlari rivojlanishida investitsiya jozibadorligi hal qiluvchi rol oʻynashi qayd etilmoqda. Xususan, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston yaxshi natijalarni koʻrsatdi, 2019-yilda mamlakat toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimining oʻsishi boʻyicha yetakchiga aylandi (2,3 baravarga oshdi va $4,2 milliardni tashkil etdi).

    Shu bilan birga, koronakrizis davrida toʻplangan investitsiyalar oʻsishi kuzatilgan: 2021-yil 1-yanvar holatiga ularning miqdori 6,7%ga oshdi. Yalpi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar tushumida boʻlgani kabi, toʻplangan xorijiy investitsiyalarning eng katta oʻsishi Oʻzbekistonda kuzatildi — plyus 29,8%. Qozogʻistonda oʻsish 3,6%ni, Tojikistonda 1,6%ni tashkil etdi.