«Bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiyoti Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik iqtisodiyotlardan biri bo‘lib, keyingi yillarda faol va barqaror rivojlanib bormoqda», — deb yozgan muallif.
Nashrda qayd etilganidek, O‘zbekiston agrar-industrial mamlakat. Qishloq xo‘jaligida asosiy faoliyat turlari paxta, g‘alla (jumladan, bug‘doy, makkajo‘xori va sholi), meva-sabzavot, poliz va tamaki yetishtirish, chorvachilik (xususan, qo‘ychilik) hisoblanadi.
«So‘nggi yillarda mamlakat nufuzli Fitch i Standard&Poor’s reyting agentliklaridan davlatning moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga tayyorlik darajasini aks ettiruvchi barqaror prognozli BB-darajasidagi suveren kredit reytinglarini oldi. Bu umumiy qiymati bir milliard dollar bo‘lgan besh va o‘n yillik yevroobligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirish imkonini berdi», — deyiladi maqolada.
Qirg‘iziston milliy axborot agentligi ma’lum qilganidek, O‘zbekiston iqtisodiyoti olti yil ichida 2022-yilda 53 milliard dollardan 82 milliard dollarga o‘sdi. Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 2018-yildagi 1 604 dollardan 2022-yilda 2 255 dollarga ko‘tarildi.
Eksport asosini sanoat tovarlari, oltin va qimmatbaho metallar, xizmatlar, oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etdi. Importga mashina va uskunalar, tayyor mahsulotlar kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, xizmatlar kiradi.
«O‘zbekistonga investitsiyalar oqimi 2017-yildagi 3,3 milliard dollardan 2022-yilda 9,8 milliard dollargacha oshgan. Eksport hajmi 12,6 milliarddan 19,3 milliardga oshdi. Eksport qilinadigan mahsulotlar turi bir yarim ming nomdan uch ming nomga ko‘paydi», — deya qayt etilgan materialda.
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan respublikaning o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2,6 baravarga – 2016-yildagi 4,2 milliard dollardan 2022-yilda 11 milliardga, qo‘shma korxonalar soni esa besh barobarga oshdi.
«E’tirof etish kerakki, O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik ustunligi mavjud bo‘lib, u amalga oshirilayotgan islohotlar bilan birgalikda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, xoh moliyaviy xizmatlar, xoh qurilish, xoh sayyohlik sohasida imkoniyatlar ochadi. Boston Consulting Group ma’lumotlariga ko‘ra, kelgusi o‘n yil uchun O‘zbekistonning investitsiya salohiyati 65 milliard dollarga yetadi, shundan noresurs tarmoqlari 20 milliard dollarni tashkil qiladi», — deb yozgan «Kabar» agentligi.