Musobaqada yurtimiz sportchilari jami 96 ta medal – 29 ta oltin, 35 ta kumush va 32 ta bronzani qoʻlga kiritdi.
Umumjamoa hisobida Oʻzbekiston 57 davlat orasida Turkiyaddan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi. Bu natija yurtimizning Islom birdamligi sport assotsiatsiyasiga aʼzo mamlakatlar orasida koʻp qobiliyatli va yetakchi sport davlatlaridan biri ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Shu tariqa Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri mezbonlik qilgan Islom birdamligi oʻyinlari rasman yakuniga yetdi.
Tantanali yopilish marosimida Akbar Joʻrayev va Aktenge Keunimjayeva delegatsiyamiz bayroqdorlari boʻldi.
Shuningdek, marosimda Islom birdamligi sport assotsiatsiyasi bayrogʻi navbatdagi Oʻyinlarni oʻtkazadigan Malayziyaga tantanali ravishda topshirildi.








