Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning dastlabki 4 oyida Oʻzbekiston 46 ta xorijiy davlatlardan qiymati 25,7 million AQSH dollariga teng boʻlgan mebel mahsulotlarini import qilgan. Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,6 million AQSH dollariga kam.
Oʻzbekiston 2021-yilning dastlabki 4 oyida mebel mahsulotlarini eng koʻp import qilgan davlatlar:
Koreya – 7,8 million;
Xitoy – 6,9 million;
Turkiya – 3,9 million;
Rossiya – 2,7 million;
Ukraina – 1,1 million;
Qozogʻiston – 570,5 ming;
Belarus – 564,1 ming;
Italiya – 513,1 ming;
Polsha – 308,3 ming;
Litva – 250,8 ming;
Germaniya – 170,9 ming;
Singapur – 126,0 ming.