Oʻzbekiston jahonning 204 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan

    Tashqi savdo aylanmasining salmoqli qismi qaysi davlatlarga to'g'ri keladi?

    Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 50 008,4 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2021- yilga nisbatan 7 837,9 mln. AQSH dollariga yoki 18,6 % ga koʻpaydi.

    Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 204 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

    Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Rossiya (18,6 %), Xitoy (17,8 %), Qozogʻiston (9,2 %), Turkiya (6,4 %), Koreya (4,7 %), Qirgʻiz R. (2,5 %) va Germaniyada (2,3 %) qayd etilgan.