Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov maʼlum qildi.
Vazirning aytishicha, Prezidentga qilingan taqdimotdan kelib chiqib, eng asosiy vazifa – bu “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining transformatsiya ishlarini oxiriga yetkazish, ishlab chiqarish va xizmatlar tannarxini xarajatlarni qisqartirish orqali tushirish boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasida qoʻshimcha 23 ta yoʻnalish boʻyicha aholiga qulaylik yaratish uchun, yaʼni Toshkent shahrining aglomeratsiyasini Toshkent poytaxti bilan bogʻlash, viloyat markazlarini uzoqda joylashgan yoki zich joylashgan katta-katta aholi punktlari bilan bogʻlaydigan elektropoyezdlar harakatlanadigan temir yoʻllarini qurish loyihalari — jami 23 ta yoʻnalish boʻladi.
Bu, albatta, kunda poytaxtga va viloyat markazlariga kelib-ketadigan aholiga qulaylik yaratadi, ularning mobilligi, tezligi oshadi. Lekin 23 ta yoʻnalishni qurish bilan bir qatorda, albatta, biz harakatlanuvchi tarkiblarni koʻpaytiriladi.
Joriy yil dekabrdan boshlab oltita yuqori tezlikda harakatlanadigan Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem harakat tarkiblari kelishi boshlaydi. Bular, albatta, Buxoro, Misken, Urganch va Nukusga yoʻlga qoʻyiladi.
Bundan tashqari, dastur boʻyicha poytaxtni va aglomeratsiya bilan bogʻlaydigan, aholi punktlari oʻrtasida 23 ta elektropoyezd xarid qilinishi koʻzda tutilyapti.
«Vodiyni bogʻlaydigan Qamchiq dovonidan oʻtadigan temir yoʻl va Surxondaryoni Qashqadaryo bilan bogʻlaydigan Darband dovonlarida harakatlanadigan poyezdlarga yangi, zamonaviy, Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan, togʻli hududda tez harakatlanish imkoniyatiga ega boʻlgan harakat tarkiblarini xarid qilish boʻyicha bugun dasturni himoya qildik va hurmatli Prezidentimiz tomonidan oʻz roziliklari bildirildi.
Shuningdek, yuklarning harakatlanish tezligini oshirish uchun va oʻsha tranzit yuklarini tezda oʻtkazish, bu chegaradagi Qozogʻiston bilan boʻlgan tutashuv nuqtalaridagi ishlarimiz, Toshkent shahriga vodiydan kelayotgan yuklarni Toshkent shahriga kirmasdan vohadan vohaga oʻtib ketishi uchun aylanma yoʻllarini qurish boʻyicha. Yaʼni, nihoyatda katta bir infratuzilmaviy dastur himoya qilindi va hurmatli Prezidentimiz tomonidan shu ishlarni jadallashtirish va tezlashtirish boʻyicha alohida topshiriq berildi«, — deydi vazir.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” rahbari Zufar Narzullayevning maʼlum qilishicha, harakat tarkibini kelgusi yili oltita, 30-yilgacha yana sakkizta sotib olinadi.