Uchrashuv chogʻida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy hamkorlik hamda madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlarning bugungi holati muhokama qilindi.

Xususan, Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni (KSHHTB) imzolashni jadallashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (JST) qoʻshilishi va Yevropa Ittifoqining “GSP+” Preferensiyalar bosh tizimidan foydalanish doirasida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Shu bilan birga, Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha Ishchi guruhining 5-yigʻilishini tashkil etish masalalari muhokama qilindi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.