Hujjat 2025-yil 21-dekabr kuni Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan birgalikda imzolangan.
Prezidentning JST masalalari boʻyicha maxsus vakili Azizbek Oʻrunovning maʼlum qilishicha, muzokaralar uzluksiz, mazmunli va konstruktiv tarzda oʻtgan. U Rossiya tomonining Oʻzbekistonning JSTga qoʻshilish jarayonidagi faol ishtirokini alohida taʼkidlagan.
“Ayrim ishlar hali bajarilishi kerak boʻlsa-da, endilikda biz koʻp tomonlama muzokaralarni ilgari surish, qonunchilikni JST talablariga moslashtirish va kelgusi yilda aʼzolik jarayonini muvaffaqiyatli yakunlashga butun eʼtiborimizni qaratamiz”, — deb yozgan Azizbek Oʻrunov.