“Oʻzbekistonda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish jadal surʼatlarda davom etyapti. Bu yerda maxsus axborot-tahlil markazi bor. Mazkur markaz mutaxassislari bugun bizga hisobot berdi. Biz ikki tomonlama kelishuvga erishdik. Xodimlarimiz mart oyida Oʻzbekistonga borib, ularning olib borayotgan ishlari bilan yaqinroq tanishadi”, – deb yozgan “Kazinform” xalqaro axborot agentligi Qozogʻiston suv resurslari va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov fikrlaridan iqtibos keltirib.
Agentlik maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston, shuningdek, kanallarni betonlash orqali suv sarfini 15 foizgacha kamaytirgan.
“Qozogʻistonda ham yirik loyihalar amalga oshirilgan. Shu bilan birga, tomonlar joriy yilda Sirdaryo boʻylab avtomatlashtirilgan suv hisoblagichlarini oʻrnatish ishlarini yakunlashni rejalashtiryapti”, – deb yakun topgan “Kazinform” xabari.