Videokonferensaloqa shaklida oʻtkazilayotgan qurultoyda Federatsiyaning 14 tarmoq va 14 hududiy birlashmalaridan saylangan delegatlar, ish beruvchilar va kasaba uyushma faollari ishtirok etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qurultoy delegatlari va ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov oʻqib eshittirdi.

Qurultoyda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2016-2020-yillardagi faoliyati yakunlari tahlil etilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olinadi.