Bu haqda vazirning oʻzi telegram kanalida maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Nyu-York shahrida Oʻzbekiston va Keniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari tegishli Kommyunike imzoladi.

«Keniya Bosh vaziri va tashqi ishlar va diaspora ishlari boʻyicha vaziri Musaliya Mudavadi janoblari bilan uchrashganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram-kanalida. – Birgalikda mamlakatlarimiz oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida Kommyunike imzoladik. Keniya Afrikaning eng dinamik iqtisodiyotlaridan biri va texnologiya hamda innovatsiyalar markazi sifatida jadal taraqqiyot namoyon etmoqda.
Biz ikki xalq manfaatlariga bevosita foyda keltiradigan samarali hamkorlik imkoniyatlarining keng doirasini muhokama qildik».

Shunday qilib, Oʻzbekistonning diplomatik munosabatlar oʻrnatgan mamlakatlari soni yana bittaga koʻpayib, 164 taga yetdi.