Mazkur turnirda oʻzbekistonlik sportchilarimiz ham ishtirok etdi. Quvonarlisi, uch kun davom etgan ushbu turnirda vakillarimiz toʻrtta oltin va toʻrtta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Xususan, ringga koʻtarilgan ogʻir vazn toifasidagi vakilimiz Hasan Baratov uchta jangda ishtirok etib, barchasini nokaut bilan magʻlub etdi va turnir chempioniga aylandi. Uning egizagi Husan Baratov esa “lou-kik” yoʻnalishida bronza medaliga ega chiqdi. Shuningdek, qolgan oltita medal ham “lou-kik” yoʻnalishida qoʻlga kiritildi.

Kecha, 12-aprel kuni kikboksingchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida munosib kutib olindi.