Bugun Kinochilar uyida boʻlib oʻtgan “Parining sovgʻasi” filmi namoyishi chogʻida, bu haqidagi memorandum imzolandi.
Loyiha doirasida, Yangi Oʻzbekistonga bagʻishlangan 3 ta ertak-film va 6 ta film suratga olinadi.
“Barcha filmlar “Debyut” tanlovi loyihasida birlashtiriladi. Yil oxiriga kelib, talabalar oʻz ishlarini taqdim etishlari kerak boʻladi,” — dedi Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov. — Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni ijodiy loyihalarga keng jalb etish, davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yoʻnalishi va Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning koʻrsatmasidir. Kuni kecha barchamiz Oʻzbekiston Prezidenti ishtirokidagi katta tadbir – Yoshlar kunini nishonlash marosimida ishtirok etdik. Respublikamiz rahbarining tashabbusi bilan, yoshlar uchun qanday ulkan loyihalar amalga oshirilayotganini koʻrib turibmiz. Bu tadbir esa, yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarining bir qismidir.
Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼat instituti rektori Ibrohim Yoʻldoshev Kinematografiya agentligiga, talabalarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdorchilik bildirdi.
– Universitetimizda bir vaqtning oʻzida, ham boʻlajak rejissyorlar va ssenariynavislar, ham operatorlar va aktyorlar tahsil olmoqda. Shuning uchun, ularga birgalikda ishlash- qulay. Bizning hisob-kitoblarimizga koʻra, loyihada institutning 300-500 nafar talabasi qatnashadi. Ular uchun esa, bu nafaqat oʻzini ijodiy jihatdan yuzaga chiqarish, balki pul ishlash uchun ham ajoyib imkoniyatdir”, — dedi Ibrohim Yoʻldoshev memorandumni imzolash marosimida.