Mamlakatimizda joriy yil 25-iyundan 5-iyulga qadar “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligida Konstitutsiyasi ham “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi boʻyicha davra suhbati tashkil etildi.

Unda Oliy Majlis Senati aʼzosi senator Gulnora Maʼrufova, Agentlik bosh direktori Firdavs Abduxalikov, “Oʻzbekfilm” kinokonserni” DUK, “Yoshlar kinostudiyasi” DUK, Xujjatli va xronikal filmlar DUK va barcha tizim tashkilotlardan vakillar qatnashdi.

Dastlab, birinchi oʻqishda qabul qilingan konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqida atroflicha maʼlumot berildi. Taʼkidlanishicha, konstitutsiyaviy qonun loyihasi Bosh qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq oʻzgartishlar kiritishni nazarda tutadi.

Bundan tashqari, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilmoqda. Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan samarali ishlar alohida taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, tadbir soʻnggida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan tayyorlangan, muhokama mavzusidagi videorolik namoyish etildi.

Muloqotda barcha soha mutaxassislari tomonidan joylarda aholi bilan boʻlayotgan suhbatlarda zarur takliflar oʻrganilishi, barcha tarmoqlar rivoji uchun asos boʻladigan tashabbuslar ishlab chiqilishi zarurligi aytib oʻtildi.