Unda “Oʻzbekkino” MA Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, direktor oʻrinbosari Nizom Mahmudov, Agentlik ijro apparati rahbari Eldar Yuldashev, “Oʻzbekfilm” DUK direktori Fotih Jalolov hamda “OʻzshaharsozlikLITI” DUK bosh arxitektori Gulshoira Magametovalar ishtirok etishdi.
Mazkur yigʻilishda Oʻzbekiston kinematografiya akademiyasini tashkil etish, moddiy texnik-bazasini shakllantirish hamda bino qurilishi, rekonstruksiya ishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, akademiya qoshida S. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali hamda Toshkent shahrida kino sanʼatiga ixtisoslashgan oʻrta taʼlim maktabini tashkil etish masalalari ham koʻrib chiqildi.
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati