Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-oktabr oylarida xorijdan qiymati 41 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 215,6 ming dona kir yuvish mashinasi import qilingan.

10 oyda eng ko‘p kir yuvish mashinasini import qilgan davlatlar:

— Rossiya – 110,3 ming dona;

— Qirg‘iz R. – 55,2 ming dona;

— Xitoy – 41,4 ming dona;

— Turkiya – 6,7 ming dona;

— Moldova – 800 dona;

— Belarus – 594 dona.