Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning dastlabki 4 oyida Oʻzbekiston 46 ta xorijiy davlatlarga qiymati 25,7 million AQSH dollariga teng boʻlgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan.
Oʻzbekiston 2021-yilning dastlabki 4 oyida mebel mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Koreya – 7,8 million;
Xitoy – 6,9 million;
Turkiya – 3,9 million;
Rossiya – 2,7 million;
Ukraina – 1,1 million;
Qozogʻiston – 570,5 ming;
Belarus – 564,1 ming;
Italiya – 513,1 ming;
Polsha – 308,3 ming;
Litva – 250,8 ming;
Germaniya – 170,9 ming;
Singapur – 126,0 ming.