Oʻzbekiston Liberiya bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi

    Liberiya Oʻzbekiston bilan diplomatik aloqalar oʻrnatgan 154-davlat boʻldi.

    Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.

    Shu yilning 27-sentyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Liberiya tashqi ishlar vaziri Sara Beysolov Nyanti xonim bilan uchrashi, Qoʻshma kommyunike imzoladi.

    Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari kelgusidagi hamkorlikning dastlabki kun tartibini muvofiqlashtirish va ishlab chiqishga kelishib oldi.