Vilnyus universiteti dunyodagi TOP-400 universitetlar qatorida boʻlib, mazkur oliy taʼlim muassasasi bilan aloqalar oʻrnatish, qoʻshma taʼlim va ilmiy dasturlarni yoʻlga qoʻyish har ikkala davlat ilmiy va pedagog jamoalari ham talabalarga manfaatlidir. Shuningdek, universitet biotexnologiyalar, biotibbiyot, yashil energetika yoʻnalishlarida yirik loyihalarni amalga oshirib, ularni ishlab chiqarishga joriy etishda katta tajribaga ega.
Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekiston-Litva rektorlar forumini tashkil etish masalasini muhokama qildilar. Forum ikki davlat universitetlari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi, deb xabar beradi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.