Ularning yaratilish tarixi va qanday qilib Rossiyadagi yirik muzeyning mulkiga aylangani haqida «Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida» loyihasi filmidan bilib olishingiz mumkin.
Ushbu videolavha orqali siz Tretyakov galereyasining qiziqarli joylari, muzey fondlari, oddiy tashrif buyuruvchilar kirolmaydigan restavratsiya ustaxonalariga tashrif buyurasiz. Bu yerda oʻzbek rassomlarining asarlari restavratsiya qilinib, asrlar davomida avaylab saqlanib kelmoqda.