Tadbirda O‘zbekistonning “MMM Amin Bio” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan kollagen va jelatin mahsulotlarining namunalari va tegishli sertifikatlar nusxalari suhbatdoshga taqdim etildi.
Abdulmuʼin Zurgi ushbu mahsulotning sifatini yuqori baholagan holda, Saudiya Arabistonidagi farmatsevtika zavodlariga ularni yetkazish bo‘yicha hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi.
Uchrashuv doirasida “MMM Amin Bio” kompaniyasi vakillari bilan onlayn-muzokaralar o‘tkazildi. Ularning natijasiga ko‘ra o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga doir qator kelishuvlarga erishildi.