Onlayn tadbirda SSP meva-sabzavot savdosi sektorining raisi YAhyo Ahmad al-Sunniy rahbarligidagi ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdi.
Tomonlar Markaziy Osiyo va SHimoliy Afrika mintaqasidagi meva-sabzavot bozorining hozirgi holati, qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligini oshirish chora-tadbirlari, qishloq xo'jaligi narxlari va ushbu yo'nalishdagi o'zaro hamkorlik istiqbollari to'g'risida fikr almashishdi.
“BMB Export Global” kompaniyasi Misrga mamlakatda etishtirilmaydigan meva va sabzavotlarni, masalan, gilos, turli xil uzum, olxo'ri, xurmo va olma kabi mahsulotlarni etkazib berishga tayyorligini bildirdi. SHuningdek, Misrdan apel`sin, mandarin, mango va boshqa mashhur tsitrus mevalarni etkazib berish imkoniyati mavjudligi ham tasdiqlandi. Misrlik ishbilarmonlarga muzlatilgan quritilgan sabzavot va mevalar, shuningdek, kompaniyaning o'zi ishlab chiqargan boshqa mahsulotlar namunalari taqdim etildi.
Misrlik sheriklar bolalarning ta'lim muassasalarida sog'lom ovqatlanish dasturi doirasida hamkorlik o'rnatishdan juda manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
“BMB Export Global” vakillari Misrning oxirgi iste'molchisiga yuqori sifatli quritilgan mevalar va yangi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etkazib berish uchun quruqlik tranzit yo'laklari va samolyotlaridan foydalanishni taklif qilishdi.
Muzokarada O'zbekistonning qishloq xo'jaligi mahsulotlarini Misrga etkazib berishni tashkil etish va keyinchalik Arab va Afrika mamlakatlariga reeksport qilish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Tomonlar ikki mamlakat bozorlarini faol ravishda o'rganishga va bir-birlariga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etkazib berish bo'yicha shartnomalarni ishlab chiqish va tuzishga tijorat takliflarini taqdim etishga kelishib oldilar.