Tabrikda soʻnggi yillarda Oʻzbekiston bilan Malayziya oʻrtasidagi siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni sezilarli darajada faollashtirish uchun mustahkam poydevor yaratilgani taʼkidlanadi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar doirasida yaqin va konstruktiv hamkorlikni yoʻlga qoʻygani alohida qayd etiladi.
Oʻzbekiston-Malayziya oʻrtasidagi munosabatlar tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda yanada chuqurlashishiga ishonch bildiriladi.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasini Malayziya qoʻllab-quvvatlagan va uning hammualliflaridan biri boʻlgan.