Uchrashuvda Oʻzbekiston-Malayziya koʻp qirrali hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Parlamentlararo muloqotni faollashtirish, jumladan, ikki mamlakat qonun chiqaruvchi hokimiyatlari palatalari oʻrtasida tajriba almashish va oʻzaro tashriflar tashkil etish orqali aloqalarni mustahkamlashdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Tomonlarning islom dinining boy merosini oʻrganish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish sohasida Oʻzbekiston va Malayziya ilmiy-tadqiqot markazlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligi taʼkidlandi.

Turizm sohasida, xususan, “ziyorat-turizm” yoʻnalishidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.