Shu maqsadda 15, 18, 22, 25, 28 oktyabr hamda 1, 2 noyabr kunlari Voljskiy–Toshkent yo'nalishida poezdlar qatnovi amalga oshiriladi. 

Voljskiydagi fuqarolarimizning yaqinlari O'zbekistonda turib https://e-ticket.railway.uz saytidan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib, Internet orqali Voljskiydagi hamyurtlarimizga jo'natishlari ham mumkin.

eslatib o'tamiz, mazkur poezdlarga faqat bir tomonga, ya'ni Voljskiy – Toshkent yo'nalishiga chiptalar sotilmoqda.