Tadbirda Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston notariuslari va adliya vazirliklari, shuningdek, MDH Ijroiya qoʻmitasi vakillari ishtirok etadi. Bu haqda Belarus notariat palatasi maʼlumotlari asosida BelTA xabar beradi.
Yigʻilishda tayanch tashkilotning yaqin istiqbolga moʻljallangan ish rejasini muhokama qilish va tashkilot huzurida jamoatchilik kengashini tashkil etish masalasini koʻrib chiqish rejalashtirilgan.
Belarus Notariat palatasiga MDHga aʼzo davlatlarning notariat faoliyati sohasidagi asosiy tashkiloti maqomini berish toʻgʻrisidagi qaror 2022-yil 13-mayda MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining Dushanbe shahrida (Tojikiston)boʻlib oʻtgan yigʻilishida qabul qilingan.
Bazaviy tashkilot yaratish haqida Belarus Adliya vazirligi tashabbus bilan chiqqan. Va bu taklif MDH davlatlari Adliya vazirlari kengashining 2021-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan yigʻilishida qoʻllab-quvvatlangan.